Huawei Pura X2: 6000 mA/s quvvatli yig‘iluvchi smartfon

eʼlon qilindi
2026-yilda ushbu formatdagi yagona qurilma bo‘lishi kutilayotgan smartfon kino ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan
Foto: Huaweicentral

Huawei kompaniyasi Pura X2 yig‘iluvchi smartfonining ikkinchi avlodini namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qurilma 2026-yilning aprel oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Pura X2 modeli oldingi avlodga nisbatan qator qiziqarli yaxshilanishlarga ega bo‘ladi. Xususan, smartfon ultrayupqa ramkali kengroq displey bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Qurilmada yuqori va pastki qismlardagi qalin qora ramkalar olib tashlanib, vizual tajriba yangi bosqichga olib chiqilishi kutilmoqda.

Texnik xususiyatlarga kelsak, Pura X2 modeli akkumulyator sig‘imida ham sezilarli yangilanishni taklif etishi mumkin. Avvalgi 4610 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rniga yangi model 6000 mA/soatlik batareya bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda.

Ichki moslashuvchan displey hajmi 7,5 dyuymgacha kattalashishi, biroq 16:10 tomonlar nisbati saqlanib qolishi kutilmoqda. Smartfon 12 GB dan 20 GB gacha tezkor xotira va 1 TB gacha doimiy xotira variantlarida taqdim etilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Band 11 va Band 11 Pro smart bilaguzuklarini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek