
Kiprning Pafos shahrida bo‘lib o‘tayotgan FIDE Candidates Tournament 2026 musobaqasining dastlabki turida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda.
Birinchi tur yakunlariga ko‘ra, Fabiano Karuana, R Praggnanandha hamda Javohir Sindarov 1 ochkodan jamg‘arib, peshqadamlar safidan joy oldi.

30-mart kuni musobaqaning 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda Sindarov oq donalarda germaniyalik grossmeyster Matthias Bluebaumga qarshi o‘ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanishi belgilangan.
Mazkur turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon toji uchun hal qiluvchi matchda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov Titled Tuesday turnirida uchinchi marta g‘olib bo‘lgani haqida xabar bergan edi.