
O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan FIFA Series turnirda mezbonlar g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahsda «Oq bo‘rilar» Janubiy Amerikaning Venesuela terma jamoasidan ustun keldi.

Uchrashuvning birinchi taymi hujumlarga boy bo‘lgan bo‘lsa-da hisob ochilmadi. Eldor Shomurodov birga-bir vaziyatga chiqib borgan bo‘lsa-da imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa uchrashuv asosiy vaqtida darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. Uchrashuv g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Seriyalarda esa omad mezbonlarga kulib boqdi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning ikkinchi turida Trinidad va Tobago hamda Gabon terma jamoalari kuch sinashdi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobida jangovar durang qayd etilgach, navbat penaltilar seriyasiga berildi. Futbol lotereyasida omad afrikaliklarga kulib boqdi, hisob 2:3.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIFA Series turnirining dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Gabon ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.