O‘zbekistonda banklararo to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazish xizmati ishga tushdi

eʼlon qilindi
Yangi xizmat Account-to-Account (A-A) nomi bilan joriy etildi
Bank kartalari
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda endi bir bank hisobidan boshqa bank hisobiga mablag‘larni tez va oson o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi xizmat Account-to-Account (A-A) nomi bilan joriy etildi va jismoniy shaxslar o‘rtasida pulni bevosita bank hisobvaraqlari orqali uzatishga mo‘ljallangan. Xizmat Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh markazi tomonidan yaratilgan texnologik infratuzilma asosida ishlaydi.

Shuningdek, A-A xizmati Peer-to-Peer (P2P) o‘tkazmalardan farq qiladi: P2P’da mablag‘ karta raqami orqali yuborilsa, A-A’da pul to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobvaraqlar o‘rtasida harakat qiladi. Shu sababli yangi karta ochishga hojat yo‘q. Har bir fuqaroning bank kartasi avtomatik tarzda uning hisob raqamiga bog‘langan.

Ushbu xizmat hozirda barcha banklar uchun mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar mavjud bank ilovalarida o‘tkazma turini tanlash orqali mablag‘ jo‘natishi mumkin. Komissiya miqdori esa har bir bankning ichki tarif siyosatiga bog‘liq bo‘lib, xizmat turiga qarab farq qilishi mumkin.

Markaziy bank o‘z navbatida bozor sharoitida regulyator sifatida komissiyalarni belgilashga aralashmaydi. Shu bilan birga, ABM to‘lov xizmatlarini ko‘rsatmaydi va mijozlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlamaydi, shuning uchun komissiya miqdorini belgilash masalasida ishtirok etmaydi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Oʻzbekistonda bank kartalari soni qariyb 15 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek