Banklar va moliya

O‘zbekistonda islomiy moliya operatsiyalari QQSdan ozod etiladi

Bu o‘zgarish Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar orqali amalga oshiriladi
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
Foto: Nevermindthebuspas

O‘zbekistonda islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar soliqlardan ozod qilindi. Bu o‘zgarish Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar orqali amalga oshiriladi. Bu haqda 27-mart kuni imzolangan yangi qonunda keltirilgan.

Endi QQS quyidagi holatlarda qo‘llanilmaydi:

  • islomiy qimmatli qog‘ozlar (sertifikatlar) bilan bog‘liq operatsiyalar;
  • bank va mikromoliya tashkilotlari tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomalari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
  • islomiy ijara (moliyaviy ijara) orqali berilgan mol-mulk bo‘yicha ijara to‘lovlari va sotib olish narxi o‘rtasidagi farq;
  • mijozlarga realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo‘yiladigan ustama.

Shuningdek, islomiy moliya faoliyati doirasida daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i bilan bog‘liq yangi tartiblar ham belgilandi. Masalan, moliyaviy ijara shartnomalari Soliq kodeksi bo‘yicha moliyaviy ijara va lizing shartnomalari sifatida qaraladi, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan bank va mikromoliya tashkilotlari orqali olingan daromadlarga daromad solig‘i solinmaydi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatining huquqiy asoslari belgilangani haqida yozgandi.