O‘zbekistonda propan narxini sun’iy oshirganlarga qariyb 29 milliard so‘m jarima solindi

eʼlon qilindi
Tezkor tadbirlar natijasida propan narxi 21 foizgacha pasaytirildi
Birjada propan narxini barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda — Raqobat qo‘mitasi
Foto: Yandex

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida propan bozorida sun’iy narx oshirish holatlari aniqlanib, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan bir nechta korxonalarga nisbatan moliyaviy choralar qo‘llanildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, ushbu tezkor tadbirlar natijasida propan narxi 21 foizgacha pasaytirildi.

Nazorat jarayonida va korxonalar bilan o‘tkazilgan suhbatlar asosida 31 ta tadbirkorlik subyekti raqobat qonunchiligi talablarini buzganligi aniqlangan. Shu jumladan, ayrim korxonalar birja savdolarida narxlarni uyg‘unlashtirish va mahsulotni shartnomalar orqali noqonuniy sotish holatlarini sodir etgan.

Jumladan, 12 ta korxona birja savdolarida raqobatga zid muvofiqlashtirilgan harakatlar amalga oshirgani qayd etilgan.

Shu asosda barcha aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 28,9 milliard so‘m miqdorida moliyaviy jarima belgilandi va 34,1 milliard so‘m asossiz olingan mablag‘lar Respublika budjetiga yo‘naltiriladi.

Komissiya, shuningdek, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun korxonalarga majburiy ko‘rsatmalar berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namangandagi 26 ta dorixonaga 497 mln so‘m asossiz daromad uchun ish qo‘zg‘atilgani haqida yozgandi.

Shuningdek