Yangiliklar

Qurilish obyektlarida ekologik ekspertiza va ko‘kalamzorlashtirish majburiy qilindi

Obyektlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida baholab boriladi
Qurilish obyektlarida ekologik ekspertiza va ko‘kalamzorlashtirish majburiy qilindi / Foto: Jizzax viloyati

O‘zbekiston hukumati 2026-yil 1-iyundan boshlab qurilish sohasida ekologik talablarni kuchaytirishga doir yangi tartiblarni joriy etdi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, barcha qurilish obyektlari fon monitoring stansiyalari bilan jihozlanishi va ularning ma’lumotlari Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot bazasiga integratsiya qilinishi majburiy hisoblanadi. Shu bilan birga, qurilish maydonlari va chiqish nuqtalarida online nazorat kameralarini o‘rnatish va ularni ham yagona geoaxborot bazasiga ulash talab etiladi.

Hujumkor qurilish tashkilotlari uchun «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi reyting ballarini kamaytirish amaliyoti joriy qilinadi. Shuningdek, qurilish obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda ekologik ekspertiza xulosasini taqdim etish majburiy tartibga kiritildi.

Shuningdek, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko‘kalamzorlashtirish maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 30 foizidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning barcha hududlarida 14 ta «yashil» texnikum tashkil etilishi haqida yozgan edik.