Samsung Galaxy A seriyasida AirDrop funksiyasi joriy etiladi

30-mart 2026 21:56 eʼlon qilindi

(31-mart 2026 12:24 yangilandi)
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy A seriyasida AirDrop funksiyasi joriy etiladi / Foto: Android Central

Samsung kompaniyasi o‘rta narx segmentiga kiruvchi Galaxy A seriyasidagi smartfonlarda AirDrop funksiyasini qo‘llab-quvvatlashni joriy etmoqda. Bu haqda Galaxy Club nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, AirDrop dastlab Galaxy S26 modelida mavjud bo‘lgan, so‘ngra Galaxy S25 dan Galaxy S22 gacha bo‘lgan seriyalarda ham ishlatilgan. Endi esa Galaxy A56, Galaxy A55 va Galaxy A36 modellarida ham ushbu funksiya joriy etilishi kutilmoqda.

Agar bu qurilmalar AirDrop’ni qo‘llab-quvvatlasa, yaqindagina taqdim etilgan Galaxy A37 va Galaxy A57 modellari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin. Biroq Galaxy A16, A17, A26 va A54 modellari AirDrop’ni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Samsung Galaxy smartfonlarida AirDrop Quick Share nomli kompaniyaga xos xizmat orqali ishlaydi. Bu imkoniyat uchun Quick Share, Quick Share Agent va Quick Share Connectivity ilovalari yangilanadi. Hozircha funksiya faqat One UI 8.5 beta-testida qatnashayotgan qurilmalarda mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy smartfonlarida qaysi ilovalar sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali ishlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek