
Vivo kompaniyasi yangi avlod X300s smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Displey va dizayn
Yangi Vivo X300s modeli 6,78 dyuymli tekis displey bilan jihozlangan. U 1,5K aniqlik, 144 Gs yangilanish chastotasi va 2160 Gs PWM dimming texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning o‘lchamlari 161,98 × 75,48 × 8 mm, vazni esa 217 grammni tashkil etadi.

Kamera tizimi
Smartfonning asosiy kamerasi Zeiss bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, u 200 MP, 50 MP va 50 MP sensorlardan iborat. Asosiy modulda 1/1,4 dyuym optik formatga ega 200 megapikselli Samsung HPB sensori o‘rnatilgan. Teleobyektiv 3 karra optik zumni ta’minlaydi, maksimal zum esa 100 karra etadi.
Platforma va ishlash
Qurilma MediaTek Dimensity 9500 protsessoriga asoslangan. Shuningdek, V3+ tasvirni qayta ishlash chipi va Monster Supercore Engine ishlatilgan, bu esa yuqori ishlash tezligi va grafik imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Batareya va zaryadlash
Avtonomlik 7100 mA/soat sig‘imli Blue Ocean batareyasi tomonidan ta’minlanadi. Batareya 90 vattli simli va 40 vattli simsiz tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa uzoq muddatli foydalanish imkonini beradi.
Narxlar
Vivo X300s smartfonining Xitoydagi boshlang‘ich narxi 12/256 GB talqini uchun $725 etib belgilangan. Eng yuqori — 16 GB/1 TB modeli esa $1010 atrofida taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X300 Ultra yuqori darajadagi kamera bilan taqdim etilgani haqida yozgan edik.

