Avto

Xitoyda yangi Audi A6L e-tron elektromobili sotuvga chiqdi — foto

Avtomobil to‘rt xil versiyada taqdim etilib, narxi $43-61 mingni tashkil etadi
Foto: ITHome

Audi Xitoy bozorida yangi elektr sedan Audi A6L e-tron modeli uchun oldindan buyurtmalarni boshladi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Avtomobil to‘rt xil versiyada taqdim etilib, narxi $43-61 mingni tashkil etadi.

Foto: ITHome

Yangi model PPE platformasida qurilgan bo‘lib, 800 voltli arxitekturaga ega. Bu esa tezkor zaryadlash va yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Avtomobil Huawei tomonidan ishlab chiqilgan Qiankun haydovchiga yordam tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u shahar va trassalarda yarim avtonom boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: ITHome

Audi A6L e-tron o‘lchamlari 5073×1942×1522 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 3076 mmni tashkil etadi. Dizaynda zamonaviy yechimlar qo‘llangan: matritsali faralar, yashirin lidar sensorlari va turli yorug‘lik ssenariylarini qo‘llab-quvvatlaydigan OLED orqa chiroqlar mavjud.

Foto: ITHome

Salon ham yuqori texnologiyalar bilan boyitilgan. Old panelda 11,9, 14,5 va 10,9 dyuymli uchta ekran joylashgan. Shuningdek, kengaytirilgan reallik proyeksion displeyi, sport o‘rindiqlar va 20 ta dinamikdan iborat Bang & Olufsen audio tizimi o‘rnatilgan.

Foto: ITHome

Texnik jihatdan model ikki motorli to‘liq privod tizimiga ega bo‘lib, umumiy quvvati 550 ot kuchiga yetadi. Maksimal tezligi 200 km/soatni tashkil etadi. CATL batareyasi yordamida avtomobil bir zaryadda 785 kmgacha yo‘l bosishi mumkin (CLTC standarti bo‘yicha).

Foto: ITHome

Bundan tashqari, 270 kVt quvvatli tezkor zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. Bu orqali batareyani 10 foizdan 80 foizgacha atigi 21 daqiqada to‘ldirish mumkin.

Avvlroq Kursiv Uzbekistan yangi Audi A6L avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgandi.