Yaqin Sharqdagi notinchlik sabab neft narxi 115 dollardan oshdi

eʼlon qilindi
Osiyo fond bozorlarida ayrim kompaniyalarning aksiyalari pasayishni boshlagan
Yaqin Sharqdagi notinchlik sabab neft narxi 115 dollardan oshdi
Foto: Pexels

AQSh va Isroilning Eron hududlariga davom etayotgan hujumi va Yaqin Sharqdagi notinchlik sabab neft narxi $115 dan oshdi. BBC nashrining yozishicha, Osiyo fond bozorlarida ayrim kompaniyalarning aksiyalari pasayishni boshlagan.

Brent nefti narxi 3% dan ko‘proq oshib, $115 dan yuqoriga chiqdi. AQShda savdo qilinadigan neft esa 3,5% ga ko‘tarilib, $103 ga yetdi. Bu brent uchun tarixdagi eng katta oylik o‘sishlardan biri bo‘lishi mumkin.

Vaziyat Yaqin Sharqda mojaro kengaygani bilan bog‘liq. Dam olish kunlari Yaman hududidagi Eron qo‘llab-quvvatlaydigan husiylar Isroilga zarba berdi. Eron esa javob hujumlarini kengaytirishi mumkinligini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-fevral kuni Brent narxi $72 atrofida edi. 18-mart kuni esa $119,5 ga chiqib, 2022-yildan beri eng yuqori darajani ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eron Hormuz bo‘g‘ozida ayrim kemalardan $2 mlndan olayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek