Yog‘ingarchilik oqibatida Afg‘oniston va Pokistonda 45 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘nlab odamlar jarohat oldi
Yog‘ingarchilik oqibatida Afg‘oniston va Pokistonda 45 kishi halok bo‘ldi / Foto: aa.com

So‘nggi besh kun ichida kuchli yog‘ingarchiliklar sabab yuzaga kelgan toshqin va binolar qulashlari oqibatida Afg‘oniston hamda Pokistonda jami 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida ikki mamlakatda jami 74 kishi jarohatlangan. 30-mart kuni berilgan ogohlantirishlarga ko‘ra, Afg‘oniston poytaxti Kobul va boshqa ayrim hududlarda noqulay ob-havo davom etishi mumkin.

Urushdan jabr ko‘rgan Afg‘onistonda qurbonlarning aksariyati mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida — Parvon, Maydan Vardak, Daykundi va Logar viloyatlarida qayd etilgan. Kuchli yomg‘irlar sel va ko‘chkilarga sabab 130 ta uy butunlay vayron bo‘lgan. Mamlakat jami 1 140 ta oila zarar ko‘rgan.

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Hayber Paxtunxva viloyatida ham kuchli yog‘ingarchiliklar uylarning tom va devorlarini qulatgan. Natijada kamida 17 kishi, jumladan 14 nafar bola halok bo‘lgan, yana 25 kishi jarohatlangan.

BMT Taraqqiyot dasturining 2025-yil noyabr oyidagi hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda zilzila, toshqin va qurg‘oqchilik oqibatida 8 mingta uy vayron bo‘lgan. 2021-yilda Tolibon hokimiyatni egallaganidan so‘ng xalqaro moliyaviy yordam keskin kamaygani esa mamlakatning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish imkoniyatlarini yanada cheklab qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladeshda avtobus daryoga qulab tushishi oqibatida 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek