
1-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 15-30° iliq, kechasi 5-17° iliq bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 27-29° iliq | 15-17° iliq | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 23-28° iliq | 10-15° iliq | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 25-30° iliq | 12-17° iliq | Kutilmaydi |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 25-30° iliq | 12-17° iliq | Samarqand viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 25-30° iliq | 12-17° iliq | Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 25-30° iliq | 12-17° iliq | Kutilmaydi |
| Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari | 15-20° iliq | 5-10° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqin xavfi |