2028-yilgi Chevrolet Blazer’ning saloni ilk bor ko‘rsatildi

31-mart 2026 11:11 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: GM

General Motors’ning 2028-yilgi Chevrolet Blazer yangilangan modeli ichki qismining ilk suratlari namoyon bo‘ldi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.

Foto: GMAuthority

Suratlarda salonning kichik qismi – rul va panelning ustki qismi aks etgan bo‘lsa-da, yangi dizayn haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘ldi.

Blazer modeli Chevrolet Traverse bilan bir xil platformada ishlab chiqarilgani sabab, yangi salon ham unga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Xususan, markazda joylashgan katta sensor ekran va raqamli asboblar paneli kabi zamonaviy elementlar kutilmoqda.

Shuningdek, yangilangan modelda jismoniy tugmalar kamaytirilib, boshqaruv tizimi ko‘proq sensor ekran orqali amalga oshirilishi ehtimoli yuqori. Bu esa interyerga yanada zamonaviy ko‘rinish beradi.

Ma’lum qilinishicha, 2028-yilgi Blazer to‘liq yangi model emas, balki sezilarli restaylingdan o‘tadi. Kompaniya avval rejalashtirilganidek benzinli versiyani bekor qilmay, aksincha uni yangilab, ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishga qaror qilgan.

Hozircha modelning dvigatel variantlari rasman tasdiqlanmagan, ammo mavjud versiyadagi 2.0 litrli turbo va 3.6 litrli V6 agregatlar saqlanib qolishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan GM Chevrolet Blazer avtomobilidagi muammoga yechim chiqargani haqida yozgandi.

Shuningdek