
Yangi Lava Bold N2 Pro modeli bozorda arzon narx bilan taklif etilmoqda. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.
Smartfon Unisoc T7250 platformasi asosida ishlaydi, 4 GB operativ xotira va 128 GB ichki xotiraga ega. Qurilma 6,67 dyuymli IPS ekran, HD+ ruxsat va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lib, Android 15 operatsion tizimi bilan ishlaydi. Lava kompaniyasi foydalanuvchilarga bitta Android yangilanishi va ikki yil xavfsizlik yamalarini kafolatlaydi.
Batareya quvvati 5000 mA/soatni tashkil qiladi va 18 vattli simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 8 MP sensorga ega. Qurilma IP54 darajasida himoyalangan bo‘lib, chang va suvdan qisman himoya taqdim etadi.
Bold N2 Pro smartfoni $85 narxda sotuvga chiqdi, shu bilan birga, Bold N2 ning 4/64 GB konfiguratsiyasi etib $95 narxlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X300 Ultra yuqori darajadagi kamera bilan taqdim etilgan edi.

