Yangiliklar

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi yashirin laboratoriyalar aniqlandi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi yashirin laboratoriyalar aniqlandi / Foto: DXX

Andijon viloyatida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan dori vositalari tayyorlovchi yashirin laboratoriyalar fosh qilindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri hamda Asaka tumanida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaro o‘z uylarida qalbaki va sifat kafolatlanmagan tibbiy dori vositalarini tayyorlagani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruvlar davomida mazkur manzillarda maxsus jihozlangan noqonuniy laboratoriyalar aniqlandi va umumiy qiymati 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan, jami 122 turdagi 60 mingdan ortiq tibbiy dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mahsulotlar Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy ravishda olib kelingan bo‘lib, ularning bir qismi yarim tayyor, yana bir qismi qayta ishlangan holatda edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yashirin narkolaboratoriya fosh etilgan edi.