Yangiliklar

Apple iOS 26.5’ning ilk beta-versiyasini chiqardi

Shuningdek, ilovalarda yangi to‘lov modeli joriy etilishi kutilmoqda
Foto: Apple

Apple kompaniyasi iOS 26.5’ning birinchi beta-versiyasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Yangilanish hajmi ayrim qurilmalarda 8 GB’dan oshadi va bir qator yangiliklarni o‘z ichiga oladi. Yangi versiyada Apple Maps ilovasida Suggested Places funksiyasi paydo bo‘ldi, RCS xabarlarda esa yana uchdan-uch (E2EE) shifrlash qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shuningdek, ilovalarda yangi to‘lov modeli joriy etilishi kutilmoqda. Foydalanuvchilar uchun 12 oylik majburiy oylik to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, Apple Intelligence funksiyalari ilk bor Xitoy bozorida ishlay boshlagan. Bunda kompaniya mahalliy talablar tufayli Alibaba tomonidan ishlab chiqilgan Qwen 3 modelidan foydalanayotgani aytilmoqda.

Kutilgan yangilanishlardan biri – Siri’ning Gemini asosidagi yangi versiyasi esa bu safar taqdim qilinmadi. Manbalarga ko‘ra, ushbu funksiyalar keyingi iOS 27 versiyasi, WWDC 2026 tadbirida namoyish etilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Gemini’dan foydalanish imkonini kengaytirishi haqida yozgandi.