Birinchi marta Osiyo mamlakati Eurovision tanlovini qabul qiladi

eʼlon qilindi
Tailand poytaxtida bo‘lib o‘tadigan tanlovda ishtirok etish uchun 10 ta davlat ariza topshirgan
Foto: DW.com

Osiyodagi birinchi Eurovision qo‘shiq tanlovi joriy yilning noyabr oyida Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tadi. Final bosqichi 14-noyabrga belgilangan.

Ta’kidlanishicha, tanlovda ishtirok etish uchun hozirgacha 10 ta davlat ariza bergan. Bular qatoriga Janubiy Koreya, Tailand, Filippin, Vyetnam, Malayziya, Kambodja, Laos, Bangladesh, Nepal va Butan kiradi.

Osiyo mintaqasida o‘tkaziladigan ushbu nufuzli musiqa tanlovining potensial auditoriyasi 600 mln kishini tashkil etishi baholanmoqda.

Yevropa formatidagi kabi Osiyodagi tanlovda ham har bir ishtirokchi davlat o‘z vakilini yaqin oylarda bo‘lib o‘tadigan milliy tanlovlar natijalariga ko‘ra aniqlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil ishtiroki sababli to‘rt davlat «Eurovision – 2026» tanlovini boykot qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek