Yangiliklar

Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakati taqiqlandi

Qaror tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan
Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakati taqiqlandi
Foto: uzbbg

Toshkent Botanika bog‘ida 2026-yil 1-apreldan boshlab hududda velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlanadi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda ushbu transport vositalari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘paygan. Fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi jarohatlar qayd etilgan.

Qaror tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Bu borada Ilmiy kengash tavsiyalari ham inobatga olingan.

Endilikda bog‘ hududida faqat piyoda harakatlanish mumkin bo‘ladi. Ma’muriyat bu orqali tinch va xavfsiz sayr muhitini yaratishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda yangi milliy tabiat bog‘lari tashkil etilishi haqida yozgan edi.