Yangiliklar

Dollar tushdi: 1-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

31-mart kuni esa 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mni tashkil qilgan edi
Dollar tushdi: 1-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

1-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 16,50 so‘mga tushib, 12 194,21 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

25-mart kuni 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga, 26-mart kuni esa 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mga yetdi. 27-mart kuni dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni, 30-mart kuni 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil qilgan edi. 31-mart kuni esa 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mni tashkil qilgan edi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 13,01 so‘mga tushib, 14 036,21 so‘mni, rubl esa 0,65 so‘mga oshib, 150,36 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 27-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.