
Google’ning yangi flagman smartfoni Pixel 11 Pro’ga oid ilk rasmiy renderlar taqdim etildi. Bu haqda Android Headlines nashri ma’lum qildi.
Renderlar asosida Pixel 11 Pro dizayni avvalgi Pixel 10 Pro modelining umumiy uslubini saqlab qolgan, ammo tashqi ko‘rinishda bir necha o‘zgarishlar mavjud. Eng asosiy vizual farq – kameralar blokining to‘liq qora rangda bo‘lishi, oldingi modelda esa LED chiroq atrofidagi maydon orqa panel rangida edi.

Shuningdek, yangi modelning ekran ramkasi biroz yupqaroq bo‘ladi, qurilmaning o‘lchamlari esa 152,7 × 71,8 × 8,4 mm ni tashkil qiladi. Ekran diagonali taxminan 6,3 dyuym bo‘lib, Pixel 11 Pro bozoridagi eng ixcham flagmanlardan biri maqomini saqlaydi.
Smartfonning aniq texnik xususiyatlari hozircha e’lon qilinmagan, ammo u yangi Google Tensor G6 chipi, 3D yuzni aniqlash tizimi va 5000 mA/soat quvvatga ega batareya bilan jihozlanishi kutilmoqda. Zarur sensorlar AMOLED panel ostiga joylashtiriladi, shuning uchun ekraning katta «notch»i talab qilinmaydi.

Ma’lumot uchun, Google Pixel 11 seriyasining rasmiy taqdimoti shu yilning avgust oyida rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 85 dollarlik Lava Bold N2 Pro smartfoni taqdim etilgan edi.