Gadjetlar

Google Pixel 11 renderlari va texnik xususiyatlari sizib chiqmoqda

Modelga yangi 7 yadroli Tensor G6 protsessori o‘rnatilishi aytilmoqda
Foto: Android Headlines

Internetda Google’ning yangi flagmani Pixel 11 smartfoni haqidagi ilk renderlar va texnik tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Android Headlines nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, qurilma avvalgi dizayn uslubini saqlab qoladi, biroq ekran atrofi yanada ingichkaroq bo‘ladi. 6,3 dyuymli LTPO Amoled displey bilan jihozlanishi kutilayotgan smartfonda kamera bloki ham yangicha ko‘rinishga ega bo‘lib, endi u to‘liq qora rangda bo‘ladi.

Foto: Android Headlines

Texnik jihatdan, modelga yangi 7 yadroli Tensor G6 protsessori o‘rnatilishi aytilmoqda. Shuningdek, kompaniya Samsung modemidan voz kechib, MediaTek’ning M90 modemiga o‘tishi mumkin.

Foto: Android Headlines

Qurilma 5000 mA/soat sig‘imli batareya, 12 GB tezkor va 128 GB ichki xotira bilan taqdim etilishi kutilmoqda. Dastlabki narxi esa taxminan $799 atrofida bo‘lishi mumkin.

Pixel 11 smartfonining rasmiy taqdimoti an’anaviy tarzda avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pixel 9 smartfonlari endi AirDrop orqali iPhone bilan ma’lumot almasha olishi haqida yozgandi.