Avto

GWM Tank 700 avtomobilining sotuvi boshlandi

Tank 700 Hi4-Z boshlang‘ich narxi $63,5 ming etib belgilangan
GWM Tank 700 avtomobilining sotuvi boshlandi
Foto: GWM

Xitoyning Great Wall Motor kompaniyasi Tank 700 SUV modeli uchun oldindan buyurtmalarni ochdi. Model Hi4-Z va Hi4-T versiyalarida taklif etilmoqda.

Tank 700 Hi4-Z boshlang‘ich narxi 438 ming yuan ($63,5 ming) etib belgilandi. Yuqori komplektatsiya 478 ming yuan ($69 ming) turadi. Hi4-T versiyasi esa 518 ming yuan ($75 ming) narxda taqdim etilgan. Model tashqi dizayni noodatiy uslubda yaratilgan. Kuzovida lazer faralar va tom qismida lidar sensori joylashgan. Avtomobil uzunligi 5105 mmni tashkil qiladi.

Foto: GWM

Salonida uch ekranli tizim qo‘llangan. 12,3 dyuymli panel, 15,6 dyuymli markaziy ekran va 17,3 dyuymli orqa displey mavjud. Tizim Coffee OS platformasida ishlaydi. Ichki qismida 21 ta karnayli audio tizim, sozlanadigan o‘rindiqlar va mini sovitkich mavjud. O‘rindiqlar 180 darajagacha yotqiziladi.

Foto: GWM

Avtomobil 27 ta sensor bilan jihozlangan. Lidar va Nvidia chipi asosida ishlovchi yordamchi haydash tizimi mavjud. Hi4-Z versiyasi 2.0T plug-in gibrid tizimga ega. U 851 ot kuchi ishlab chiqaradi va 190 kmgacha elektr yurish imkonini beradi. Umumiy yurish zaxirasi 1191 kmga yetadi.

Hi4-T versiyasi esa 3.0T V6 gibrid dvigatel bilan jihozlangan. U 385–395 kW quvvat ishlab chiqaradi va 90 km elektr yurish masofasini taqdim etadi.

Foto: GWM

Yangi Tank 700 kompaniyaning premium segmentdagi eng kuchli SUVlaridan biri sifatida bozorga chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GWM Tank 700 Hi4-Z avtomobili qanday ichki dizaynga egaligi haqida yozgan edi.