Yangiliklar

Italiyadagi muzeydan qimmatbaho asarlar o‘g‘irlandi

Voqea 22 – 23-mart kechasi sodir bo‘lgan
Italiyadagi muzeydan qimmat asarlar o‘g‘irlandi
Foto: Depositphotos

Italiyada Parma yaqinidagi Magnani-Rokka xususiy muzeyidan mashhur rassomlarning qimmatbaho asarlari o‘g‘irlandi. Bu haqda DW xabar bermoqda. O‘g‘rilar bor-yo‘g‘i 3 daqiqada jinoyatni amalga oshirgan.

Voqea 22 – 23-mart kechasi sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar muzeyning eshigini buzib kirgan. Ular yuzlarini yashirib, rasmlar bilan bog‘ orqali qochib ketgan.

O‘g‘irlangan asarlar orasida mashhur rassomlarning ishlari bor. Ular orasida Pyer Ogust Renuarning «Baliqlar» kartinasi ham bor. Shuningdek, Pol Sezanning «Gilosli natyurmort» asari o‘g‘irlangan. Yana Anri Matissning «Terrasadagi odaliska» akvareli ham olib ketilgan.

Mutaxassislar ushbu asarlarning qiymati mln yevroga baholanayotganini aytmoqda. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. Muzey vakillariga ko‘ra, bu puxta rejalashtirilgan jinoyat bo‘lgan. Kuzatuv kameralari va tezkor choralar sabab jinoyat kengayib ketmagan.

Magnani-Rokka Italiyadagi eng muhim xususiy kolleksiyalardan biri hisoblanadi. Bu yerda Titsian, Dyurer, Rubens va Goya kabi rassomlarning asarlari ham saqlanadi.

So‘nggi oylar san’at olamida shunga o‘xshash jinoyatlar ko‘paymoqda. 2025-yil oktabrda Parijdagi Luvr muzeyidan 88 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlangan edi. Ushbu ish bo‘yicha bir necha shaxs qo‘lga olingan. Ammo o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlar hali topilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Temuriylar tarixi davlat muzeyi 25-fevraldan vaqtincha yopilgani haqida yozgan edi.