
27 – 30-mart kunlari yurtimiz yashil maydonlarida o‘tkazilgan FIFA Series xalqaro turniri yakuniga yetdi. Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Amerikaning Venesuela terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va navbat penaltilar seriyasiga berildi. Futbol lotereyasida O‘zbekiston 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Kursiv Uzbekistan ushbu oqshomning eng yorqin lahzalari muhrlangan eksklyuziv kadrlardan iborat fotoreportajni taqdim etadi.
















