O‘zbekistonga 1,1 mingdan ortiq shaxs doimiy yashash uchun ko‘chib keldi

eʼlon qilindi
Immigratsiya oqimining asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2025-yil davomida xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga jami 1159 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan. Ularning aksariyati mamlakat poytaxti va uning atrofidagi hududlarga joylashishni afzal ko‘rgan.

Xorijdan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning eng katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi va bu umumiy ko‘rsatkichning 39,9 foizini tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (20,3 foiz), Tojikiston (10,3 foiz), Qirg‘iziston (4,3 foiz) hamda Turkmaniston (3,1 foiz) band qilgan. Boshqa davlatlardan kelganlar ulushi esa 22,1 foizni tashkil etgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, immigrantlarning mutlaq ko‘p qismi Toshkent shahriga (698 nafar) hamda Toshkent viloyatiga (275 nafar) joylashgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 101 kishi doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tgan.

Qolgan hududlarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada past. Xususan, Sirdaryo viloyatiga 24 nafar, Farg‘onaga 14 nafar, Jizzax va Navoiy viloyatlariga 12 nafardan, Buxoroga esa 11 nafar fuqaro kelgan. Eng kam ko‘chib kelish holatlari Xorazm (7 nafar), Qashqadaryo (2 nafar), Samarqand (2 nafar) va Namangan (1 nafar) viloyatlarida qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniyada 8-apreldan boshlab viza narxlari oshirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek