Sora videogeneratorining yopilishi OpenAI’ga qanchaga tushdi

eʼlon qilindi
Sora ishlashi uchun kuniga taxminan $1 mln sarflangan
Sora videogeneratorining yopilishi OpenAI’ga qanchaga tushdi
Foto: sora.com

OpenAI kompaniyasi Sora video yaratish vositasini ishga tushganidan 6 oy o‘tib yopdi. Techcrunch yozishicha, qaror kutilmagan bo‘lib, bozorni hayratda qoldirgan.

Dastlab loyiha katta qiziqish uyg‘otgan edi. Foydalanuvchilar soni 1 mlngacha yetdi. Biroq keyinchalik bu ko‘rsatkich 500 mingdan pastga tushib ketgandi.

Asosiy muammo yuqori xarajatlar bo‘lgan. Sora ishlashi uchun kuniga taxminan $1 mln sarflangan. Video generatsiyasi katta hisoblash quvvatini talab qilgan. Har bir foydalanuvchi kompaniya resurslarini sezilarli darajada band qilgan. Bu esa loyiha samaradorligini pasaytirgan.

Qaror Sem Altman tomonidan qabul qilingan. U resurslarni boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirishni ma’qul ko‘rgan. Yopilish hamkorlarga ham kutilmagan bo‘ldi. Xususan, The Walt Disney Company bu haqda e’lon qilinishidan bir soat oldin xabardor qilingan. Kompaniya loyiha uchun $1 mlrd investitsiya kiritgan edi. Ilovaning yopilishi bilan uning Disney bilan hamkorligi ham tugagani aytilmoqda.

Sora yopilishi sun’iy intellekt sohasida raqobat qanchalik murakkab ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Texnologiya rivojlanayotgan bo‘lsa-da, xarajat va talab muvozanati hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OpenAI kompaniyasi Sora video generatorini yopayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek