Toshkent xalqaro moliya markazida yettita yo‘nalishda ishlashga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Ushbu markaz tarkibida alohida Toshkent xalqaro tijorat sudi ham faoliyat yuritadi
Foto: Sud.uz

Prezident farmoniga muvofiq, Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etilib, markazda yettita yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritishga ruxsat beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Markaz hududida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkin:

  • moliyaviy, investitsiya va bank xizmatlari;
  • sug‘urta va raqamli (kripto) aktivlar bilan ishlash;
  • qimmatli qog‘ozlar bozori operatsiyalari;
  • to‘lov tizimlari va xizmatlari;
  • islomiy va «yashil» moliya;
  • moliyaviy texnologiyalar (fintex) xizmatlari;
  • auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar.

Shuningdek, markaz hududida alohida huquqiy tartib amal qiladi. Uning boshqaruv organlariga fuqarolik, tijorat, moliya, soliq va boshqa sohalarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni mustaqil qabul qilish vakolati beriladi.

Shu bilan birga, markaz hududida Angliya va Uelsning umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanilishi belgilandi.

Bundan tashqari, ushbu markaz tarkibida alohida Toshkent xalqaro tijorat sudi ham faoliyat yuritadi. Sud birinchi instansiya va apellyatsiya sudlaridan iborat bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent xalqaro moliya markazi yangi turdagi investitsiyalarni jalb qilishda muhim platformaga aylanishi mumkinligi haqida yozgandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilgacha u iqtisodiyotga qo‘shimcha $20 – $25 milliard investitsiya jalb etadi, yalpi ichki mahsulot o‘sishiga har yili qo‘shimcha 1 foizgacha hissa qo‘shadi hamda 15 mingtagacha yangi ish o‘rni yaratadi.

Shuningdek