Volvo Lynk & Co brendinining Yevropadagi nazoratini qo‘lga oldi

31-mart 2026 07:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Volvo Lynk & Co brendinining Yevropadagi nazoratini qo‘lga oldi
Foto: Volvo

Volvo Cars va Geely Lynk & Co brendi bo‘yicha yangi strategiya kelishuviga erishdi. Endi Volvo Yevropada ushbu brendning eksklyuziv importyori bo‘ladi.

Kelishuvga ko‘ra, Lynk & Co‘ning global boshqaruvi Xitoyda Geely qo‘lida qoladi. Biroq Yevropa bozori Volvo operatsion nazoratiga o‘tadi. Bu sotuv, servis va brend rivojini o‘z ichiga oladi. Volvo Lynk & Co avtomobillarini o‘zining mavjud dilerlik tarmog‘i orqali sotadi. Shu bilan birga servis infratuzilmasi ham birlashtiriladi. Bu mijozlar uchun xizmatni soddalashtiradi va ishonchni oshiradi.

Volvo uchun bu yangi modellarsiz auditoriyani kengaytirish imkonidir. Lynk & Co esa yosh va raqamli foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan brend hisoblanadi. Geely esa Yevropada tayyor infratuzilmadan foydalanadi. Bu esa xarajatlarni kamaytiradi va brend rivojini tezlashtiradi. Hamkorlik aslida allaqachon boshlangan edi. Ayrim bozorlarda ikki brend avtomobillari bir xil dilerlar orqali sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volvo XC70 avtomobili test-drayv qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek