Avto

Damas avtomobiliga chegirma e’lon qilindi — narx

Chegirma 30-aprelga qadar davom etadi
Damas avtomobiliga chegirma e’lon qilindi — narx / Foto: Chevrolet.uz

O‘zbekistonda Damas avtomobilini chegirma asosida xarid qilish imkoniyati taqdim etildi. Bu haqda Chevrolet Uzbekistan rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

30-aprelga qadar Damas avtomobilini 100 foizlik to‘lov asosida xarid qiluvchi mijozlar uchun 5 mln so‘mlik chegirma joriy etildi. Natijada avtomobilning boshlang‘ich narxi 88,1 mln so‘mdan taklif etilmoqda.

Chevrolet Damas
Foto: Lion Motors

Mazkur aksiya oilaviy va tijoriy foydalanishga mo‘ljallangan, ishonchli hamda tejamkor transport vositasini qulay narxda sotib olish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, ushbu chegirma tijorat banklari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan aksiyalar orqali xarid qilinadigan avtomobillarga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, aksiya doirasida taqdim etilayotgan avtomobillar soni cheklangan ekani qayd etilgan. Batafsil ma’lumotni rasmiy sayt orqali olish mumkin.

Chevrolet Damas
Manba: Kursiv Uzbekistan

Ma’lumot uchun, Chevrolet Damas – O‘zbekistonda keng qo‘llaniladigan ixcham miniven bo‘lib, u asosan oilaviy va kichik biznes ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu avtomobil o‘zining sodda tuzilishi, tejamkorligi va arzon ekspluatatsiya xarajatlari bilan haydovchilar orasida mashhur.

Damas 0,8 litr hajmdagi benzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, taxminan 38 ot kuchiga ega. U 5 pog‘onali mexanik uzatma qutisi orqali boshqariladi. Avtomobilning yonilg‘i sarfi o‘rtacha 100 kilometrga 6 – 9 litrni tashkil etadi, bu esa uni iqtisodiy jihatdan qulay transport vositasiga aylantiradi.

Foto: Freash Auto

Salon sig‘imi 7-8 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, zaruratga qarab yuk tashish uchun ham moslashuvchanlikka ega. Aynan shu jihati sababli u savdo, yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish sohalarida keng qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Chevrolet Damas bilan qancha pul ishlash mumkinligi haqida maqola e’lon qilingan edi.