Yangiliklar

Dollar keskin tushdi: 2-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

AQSh valyutasi 1-apreldan pasayishni boshladi: 16,50 so‘mga tushib, 12 194,21 so‘m bo‘ldi
Dollar keskin tushdi: 2-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

2-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 52,11 so‘mga tushib, 12 142,10 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

26-mart kuni 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mga yetdi. 27-mart kuni dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni, 30-mart kuni 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil qilgan edi. 31-mart kuni 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mni tashkil etgan edi. AQSh valyutasi 1-apreldan pasayishni boshladi: 16,50 so‘mga tushib, 12 194,21 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 95,66 so‘mga oshib, 14 079,98 so‘mni, rubl esa 0,56 so‘mga oshib, 150,53 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan mart oyida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.