Yangiliklar

O‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari Latviyaga ish taklif qilinmoqda

Ish Latviya va Yevropa davlatlari bo‘ylab amalga oshiriladi
Latviyada o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari uchun ish taklif qilinmoqda
Foto: Unsplash

Latviyada o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari uchun ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ish beruvchi sifatida Kreiss LTD kompaniyasini ko‘rsatgan. Ish Latviya va Yevropa davlatlari bo‘ylab amalga oshiriladi. Nomzodlar ishga qabul qilinishidan oldin test jarayonidan o‘tadi. Test ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Avval nazorat savollari topshiriladi. So‘ng amaliy haydov sinovi o‘tkaziladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan haydovchilar Yevropada ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Test sinovlari aprel oyida turli hududlarda o‘tkaziladi. 2-aprel kuni Xorazmda, 20-aprel Nukusda, 24-aprel Namanganda va 30-aprel Surxondaryoda tashkil etiladi.

Nomzodlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, nomzodlar Telegram orqali ham murojaat qilishi mumkin. Agentlikning bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon orqali ham bog‘lanish mumkin.

  • Toshkentdagi bosh ofis: +998 78 555 11 66;
  • Namangandagi ofis: +998 99 230 11 66;
  • Xorazmdagi ofis: +998 88 626 11 66;

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bolgariyada rasmiy ish uchun yangi vakansiyalar e’lon qilingani haqida yozgan edi.