Yangiliklar

Navoiy viloyatida salkam 160 million so‘mlik dorilar savdosiga chek qo‘yildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Navoiy viloyatida salkam 160 million so‘mlik dorilar savdosiga chek qo‘yildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Navoiy viloyatida 159,2 mln so‘mlik hujjatsiz va sifatini tasdiqlovchi sertifikatsiyasiz dorilar noqonuniy transport qilinayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Pop tumanida o‘tkazilgan tekshiruvda «Farg‘ona – Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan shaxs boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomobil to‘xtatildi.

Avtomobil salonini tekshirish chog‘ida boshqa fuqaroga tegishli bo‘lgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 3860 dona, jami 159,2 mln so‘mlik 8 turdagi dorilar Toshkent shahriga olib ketilayotgani aniqlandi. Ushbu dorilar ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25 va 186-3-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Qashqadaryoda noqonuniy dori savdosi fosh etilgan edi.