Yangiliklar

Odamlarga 1 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgan jinoiy guruh fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Odamlarga 1 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgan jinoiy guruh fosh etildi
IIV videosidan ekran tasviri

Xorazmda fuqarolarga 1 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2024-yil 10-mart kuni maxsus tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirlar viloyatda sodir etilishi mumkin bo‘lgan kiberjinoyatlarni aniqlashga qaratilgan. Amaliyotda Xonqa tumanida tug‘ilgan shaxslardan iborat guruh aniqlangan. Ular oldindan til biriktirib murakkab firibgarlik sxemasini yo‘lga qo‘ygan. Guruh a’zolari boshqa fuqarolar nomiga ochilgan bank kartalari va SIM-kartalardan foydalangan. Bu orqali ular o‘z izlarini yashirishga harakat qilgan.

Aniqlanishicha, jinoyatchilar Telegram orqali yopiq guruhlar tashkil etgan. Ular Android qurilmalar uchun APK formatdagi zararli fayllarni tarqatgan. Mazkur viruslar orqali fuqarolarning Telegram akkauntlari buzib kirilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/30.03.2026-kiber-tg.mp4

Shundan so‘ng ularning yaqinlariga soxta xabarlar yuborilgan. Firibgarlar shu yo‘l bilan pul o‘tkazmalarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, telefonlarga ulangan bank kartalaridan ham mablag‘lar yechib olingan.

Tergov davomida gumonlanuvchilarning yozishmalari o‘rganilgan. Natijada ular 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni noqonuniy yechib olgani aniqlangan. O‘g‘irlangan pullarning bir qismi bankomatlar orqali naqdlashtirilgan. Qolgan qismi esa kriptovalyuta orqali yashirilgan.

Xususan, mablag‘lar Binance, Tonkeeper va Bitget platformalari orqali boshqa hisob raqamlarga o‘tkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda kiberjinoyat turlari 62 taga yetgani aqida yozgan edi.