O‘zbekistonda avtomobillar uchun «texpasport» muddati 5 yil etib belgilandi

Endilikda O‘zbekistonda avtomototransport transport vositasi uchun beriladigan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi, ya’ni «texpasport» 5 yil muddat bilan rasmiylashtiriladi. Bu haqda hukumat qarorida keltirib o‘tildi.
Shu bilan birga, ilgari berilgan hujjatlarda faqat rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatilgan bo‘lib, amal qilish muddati belgilanmagan edi. Yangi tartib esa bu jarayonni aniq muddat bilan tartibga solishni nazarda tutadi.
Hozircha muddati tugagan «texpasport»ni yangilash uchun qanday to‘lov joriy etilishi masalasi ochiq qolmoqda. Ya’ni amaldagi to‘lov saqlanib qoladimi yoki yangi tariflar belgilanadimi — bu borada rasmiy izoh berilmagan.
Ma’lumot uchun, 2024-yildan boshlab ko‘pchilik avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari etib belgilangan edi. Bu ko‘rsatkich avvalgi tartibga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi yo‘l qoidabuzarligi uchun jarima to‘g‘ridan to‘g‘ri haydovchiga yozilishi haqida yozgandi.