
Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jamoa tarixida bu ikkinchi ishtirok bo‘ladi.
Qit’alararo pley-off finalida ular Yamayka milliy terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv qo‘shimcha vaqtda hal bo‘ldi. Hal qiluvchi golni 100-daqiqada Aksel Tuanzebe kiritdi. Shu gol jamoaga tarixiy yo‘llanmani taqdim etdi.
Jamoa mundialda O‘zbekiston, Kolumbiya, Portugaliya jamoalari bir guruhda qatnashadi. O‘zbekiston bilan uchrashuv 28-iyun kuni AQShdagi Mercedes-Benz Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi.
Jamoani fransiyalik mutaxassis Sebasten Desabr boshqarib bormoqda. Uning qo‘l ostida jamoa muhim natijaga erishdi. Kongo DR bundan oldin faqat bir marta jahon chempionatida qatnashgan. Bu 1974-yilda bo‘lgan. O‘sha paytda jamoa Zoir milliy terma jamoasi nomi ostida o‘ynagan.
1974-yilgi turnirda ular guruh bosqichida barcha o‘yinlarni yutqazgan. Shotlandiya milliy terma jamoasi, Yugoslaviya milliy terma jamoasi va Braziliya milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinlarda umumiy 0:14 hisob qayd etilgan.
O‘zbekistonning JCh-2026 guruh boshqichidagi uchrashuvlari
| Sana | Vaqt (Toshkent) | Uchrashuv |
|---|---|---|
| 18-iyun | 07:00 | O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Kolumbiya milliy terma jamoasi |
| 23-iyun | 22:00 | Portugaliya milliy terma jamoasi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi |
| 28-iyun | 04:30 | Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri FIFA Series turniri hal qiluvchi uchrashuvidan fotorepartaj e’lon qilgan edi.