Yangiliklar

Prezident Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi — foto, video

Bog‘ning ilk 5 gektar maydonida ko‘chat ekildi
Prezident Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga «start» berdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, poytaxtda Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga «start» berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda davlat yetakchisi azaldan Navro‘z kunlarida, farzand tug‘ilganda yoki ezgu niyat bilan daraxt ekish an’anasi mavjudligini ta’kidladi. Shu qadriyatlar asosida so‘nggi besh yilda har yili 200 mln tup ko‘chat ekib kelinayotgani qayd etildi.

Foto: President.uz

«Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi», «Bir ko‘chat – ming baraka», «Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek», deb bejiz aytilmagan. Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his etib turibmiz”, — deya qayd etgan prezident.

Foto: President.uz

Tadbir so‘nggida davlat rahbari va qatnashchilar tomonidan Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekildi.

Foto: President.uz
Foto: Prezident matbuot xizmati
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/reels_tg_new5.mp4

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istondagi 1 mln gektar cho‘l hududida yangi o‘rmonzorlar yaratilishi haqida yozgan edik.