Yangiliklar

Qoraqalpog‘istondagi 1 mln gektar cho‘l hududida yangi o‘rmonzorlar yaratiladi

«Mening bog‘im» dasturi doirasida har bir loyihaga budjetdan 400 mln so‘mgacha beriladi
Qoraqalpog‘istonda 1 mln gektar cho‘l hududida yangi o‘rmonzorlar yaratiladi
Foto: Uzbekistan travel

Qoraqalpog‘istonda 1 mln gektar, Navoiy va Buxoroda 300 ming gektardan, Xorazmda 85 ming gektar cho‘l hududlarida yangi o‘rmonzorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari tomonidan yaqinda imzolangan farmonga ko‘ra, 2030-yilgacha mamlakatda yashillik darajasini 30 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil hududlar 10 kvadrat metrga yetkaziladi. Mazkur maqsadga erishish uchun yirik loyihalar amalga oshiriladi. Surxondaryoda 10 ming gektar maydonda «yashil makon» barpo etiladi. Sirdaryoda esa 84 kilometr uzunlikdagi «yashil devor» yaratiladi.

Shuningdek, har bir viloyat hokimi kamida 100 gektar maydonda botanika va dendrologiya bog‘lari barpo etadi. Bundan tashqari, 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.

Ilgari «Mening bog‘im» dasturi doirasida har bir loyihaga budjetdan 250 mln so‘mgacha mablag‘ berilgan bo‘lsa, endi bu miqdor 400 mln so‘mdan oshiriladi.

Shuningdek, har bir yashil bog‘ va jamoat parki uchun aholi o‘zi tanlagan, yashash hududlariga yaqin, eng muhimi, suv ta’minoti mavjud joylardan 1 gektargacha yer ajratiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda yashillik darajasi 14,2 foizga yetgani haqida yozgan edik.