Sport

The Ring jurnali Bahodir Jalolovni jahonning top-10 bokschilari safiga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir vaznli bokschi nufuzli nashr tahliliga ko‘ra kuchli 8- o‘rinni egalladi
Foto: Instagram / Bahodir Jalolov

Boks olamining eng nufuzli nashri hisoblangan The Ring jurnali Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yo‘nalishi bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatda ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov 8-o‘rindan joy oldi.

Mazkur yo‘nalishda Fabio Uordli amaldagi jahon chempioni, Oleksandr Usik esa superchempion sifatida qayd etilgan. Ro‘yxatda, shuningdek, Daniel DyubuaEntoni Joshua va Derek Chisora kabi nomdor bokschilarni ham ko‘rish mumkin.

Jurnal vazn darajasidan qat’iy nazar (P4P) reytingini ham e’lon qildi. Ukrainalik charm qo‘lqop ustasi Oleksandr Usik ro‘yxatni boshqarib turgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni yaponiyalik Naoya Inoue egalladi. Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov professional boksda 17 jangda ishtirok etib barchasida g‘alaba qozongan. Shulardan 14 martasida raqiblarini nokautga uchratgan.

WBO reytingidagi kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Mozes Itauma (Buyuk Britaniya);
  2. Filip Hrgovich (Xorvatiya);
  3. Daniel Dyubua (Buyuk Britaniya);
  4. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya);
  5. Jiley Jang (Xitoy);
  6. Jared Anderson (AQSh);
  7. Derek Chisora (Buyuk Britaniya);
  8. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston);
  9. Richard Torrez (AQSh);
  10. Jermeyn Franklin (AQSh):

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bahodir Jalolov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.