Toshkent va Sirdaryoda Umra ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Foto: Pexels

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida Umra ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa bir shaxsga tanishlari orqali viza tayyorlab berishni va’da qilgan. U buning evaziga $1,65 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Uchtepa tumanida ham shunga o‘xshash holat kuzatildi. Fuqaro boshqa bir shaxsning ishonchga kirib, $1,5 ming evaziga Umraga yuborishni va’da qilgan. U ham pulni olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Departament

Sergeli tumanida esa ayblanuvchi va boshqalar bir shaxsni aldab, $1,25 ming olgan. Ular ham tezkor tadbir davomida ushlandi. Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida ilgari firibgarlik uchun sudlangan fuqaro $1 ming evaziga xizmat va’da qilib, $900 va 1,2 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Umra safarlari qayta tiklanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek