Yangiliklar

2026-yilning dastlabki ikki oyida 204,4 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

Benzin ishlab chiqarish 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,4 ming tonnaga oshdi
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-fevral oylarida 204,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Bu 2025-yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 2,2 foizga yoki 4,4 ming tonnaga ko‘pdir. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida jami 1,2 mln tonna benzin tayyorlangan bo‘lib, yanvar-fevral oylarida 189,4 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilgan.. 2026-yilning dastlabki ikki oyida esa bu marra 204,4 ming tonnaga yetib, ijobiy o‘sish qayd etilgan.

Biroq sanoatning boshqa asosiy energiya resurslarida pasayish kuzatilmoqda. Xususan, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 81 ming tonna dizel va 103,1 ming tonna neft ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos o‘rtacha davriga nisbatan dizel bo‘yicha qariyb 119 ming tonnaga, neft qazib olishda esa 6,2 ming tonnaga kamayganini anglatadi.

Shuningdek, ushbu davrda qazib olingan tabiiy gaz hajmi 6,9 mlrd kub metrni, gaz kondensati esa 157,7 ming tonnani tashkil qildi. Ikki oy ichida yig‘ilgan avtomobil dvigatellari soni 34,6 ming dona bo‘lib, bu ham 2025-yilning mos davridagi o‘rtacha hajmdan qariyb 6,7 ming donaga pastdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan birjada AI-92 narxi 7,4 foizlik sakrashdan so‘ng 4,8 foizga pasaygani haqida xabar bergan edi.