
3-aprel kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kunduzi 15–25°, kechasi 8–17° iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat (°C) | Kechki harorat (°C) | Yog‘ingarchilik shakli |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 22-24 | 15-17 | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 16-21 | 8-13 | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 15-20 | 10-15 | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent va Sirdaryo viloyatlari | 19-24 | 12-17 | Kutilmaydi |
| Jizzax va Samarqand viloyatlari | 19-24 | 12-17 | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 15-20 | 12-17 | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 20-25 | 12-17 | Kutilmaydi |
| Respublikanning tog‘ oldi va tog‘li hududlari | 10-15 | 5-10 | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, sel-suv toshqin ehtimoli mavjud |