Bir qator tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Oltita viloyatda
24–27-fevral kunlari oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Bir qator tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi / Foto: depositphotos

2026-yil 4 – 8 aprel kunlari kutilayotgan ob-havo o‘zgarishlari sabab respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu davrda yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi tufayli dengiz sathidan 2000 metr balandlikdagi hududlarda qor ko‘chishi ehtimoli ortadi. Xususan, Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shahrisabz, Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo va Uzun tumanlarida xavf e’lon qilingan.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Samarqand va Urgut, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlari, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida ham qor ko‘chish ehtimoli mavjud.

Mutaxassislar tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Xususan, xavfli hududlarga chiqmaslik va zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aprel oyining boshida sel toshqini kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek