
3-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 7,74 so‘mga oshib, 12 149,84 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
27-mart kuni dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni, 30-mart kuni 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil qilgan edi. 31-mart kuni 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mni tashkil etgan edi. AQSh valyutasi 1-apreldan pasayishni boshladi: 1-aprel kuni 16,50 so‘mga tushib, 12 194,21 so‘m, 2-aprel kuni esa 52,11 so‘mga tushib, 12 142,10 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 76,07 so‘mga oshib, 14 003,91 so‘mni, rubl esa 0,57 so‘mga oshib, 151,10 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan mart oyida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.