Husanov mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

2-aprel 2026 07:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Husanov mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Foto: klub rasmiy sayti

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov mart oyida «Manchester Siti» safida eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

U klub muxlislarining ovoz berishida jamoadoshlari — Rodri va Jeremy Dokuni ortda qoldirdi. Mart oyida Husanov ishonchli va faol himoyasi bilan ajralib turdi. U qisqa vaqt ichida muxlislarning sevimli futbolchilaridan biriga aylangan. Bu uning 2026-yildagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. Avval u yanvar oyida ham eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.

2025–2026 yilgi Angliya Premer-ligasida u 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi gol va assist qayd etmadi, ammo 2 ta sariq kartochka olgan. Avvalgi mavsumda esa u 6 ta o‘yinda qatnashgan edi. O‘sha davrda ham gol va assist bo‘lmagan. Kubok bahslarida Husanov 2025–2026 mavsumida 5 ta o‘yin o‘tkazgan.

Yevropa maydonida ham u muntazam o‘ynamoqda. UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida 6 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta sariq kartochka oldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanovning farzandli bo‘lgani «Siti»da qanday qabul qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek