Javohir Sindarov FIDE nomzodlar turnirida uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

2-aprel 2026 12:46 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: fide.com

2026-yil 1-aprel kuni bo‘lib o‘tgan FIDE nomzodlar turnirining 4-turida Javohir Sindarov amerikalik Fabiano Karuanani mag‘lub etib, turnir g‘olibligi sari muhim qadam tashladi.

Sindarov qora donalarda o‘ynagan raqibini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 17-yurishdan so‘ng Karuana vaqt muammosiga duch keldi va ustunlikni boy berdi. O‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘z fikrlarini bildirdi.

«Men o‘yin o‘rtasida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishim mumkin, ammo umuman olganda juda yaxshi o‘yin o‘tkazdim», – dedi Sindarov.

Foto: fide.com

Ayollar o‘rtasidagi FIDE nomzodlar turnirida Anna Muzichuk Katerina Lagnoni pozitsion o‘yinda mag‘lub etib, umumiy jadvalda Bibisara Asaubaeva bilan qo‘shma peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Chju Sziner qora donalarda Divya Deshmux ustidan muhim g‘alabaga erishdi va peshqadamlar guruhiga yaqinlashib oldi.

Foto: fide.com

Turning boshqa o‘yinlarida Hikaru Nakamura va Vey I o‘rtasidagi murakkab bahs, shuningdek, Pragnanandha hamda Mattias Blyubaum qarama-qarshiligi durang bilan yakunlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nomzodlar turnirida Javohir Sindarov Pragnanandhani mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek