Mart oyining eng kuchli smartfonlari e’lon qilindi — reyting

2-aprel 2026 16:00 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Getty Images

2026-yil mart oyi uchun eng kuchli Android smartfonlar reytingi e’lon qilindi. Natijalar AnTuTu tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda yuqori unumdorlik ko‘rsatgan qurilmalar jamlangan.

Reytingning birinchi pog‘onasini iQOO 15 Ultra egalladi. Ushbu model Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori va faol sovitish tizimi bilan ajralib turadi hamda o‘rtacha 4,2 million ball natija ko‘rsatgan.

Ikkinchi o‘rinda OnePlus 15T joylashgan bo‘lib, u ham xuddi shu chipsetda ishlaydi. Kuchli uchlikni esa Vivo X300 Pro yakunlab beradi. Bu model MediaTek Dimensity 9500 asosida ishlaydi va 4 milliondan ortiq ball to‘plagan.

Shuningdek, ro‘yxatga Realme GT 8 Pro, Red Magic 11 Pro+ hamda Honor Magic 8 Pro va Honor Magic 8 kabi modellarning kirgani e’tiborga molikdir. Umuman olganda, kuchli o‘ntalikdagi deyarli barcha smartfonlar Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlaydi, faqat Vivo modeli bundan mustasno.

Foto: AnTuTu

Mart oyidagi eng kuchli 10 ta smartfon quyidagicha shakllandi: iQOO 15 Ultra (taxminan 4,2 mln ball), OnePlus 15T (4,2 mln), Vivo X300 Pro (4,1 mln), Realme GT 8 Pro (4,0 mln), Red Magic 11 Pro+ (4,0 mln), iQOO 15 (3,9 mln), Honor Magic 8 Pro (3,8 mln), Honor Magic 8 (3,8 mln), Honor Win (3,8 mln) va OnePlus 15 (3,8 mln).

Ma’lumot uchun, fevral oyida ham eng yuqori natijani aynan iQOO 15 Ultra qayd etgan edi, biroq o‘sha paytdagi ko‘rsatkich hozirgidan biroz yuqoriroq — taxminan 4,2 milliondan oshiq bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng kuchli Android smartfonlari qaysilar ekani haqida yozgandi.

Shuningdek