
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, bloger Maryam Tillayeva otasi bilan qanday yarashgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda u o‘z instagram sahifasida ma’lum qildi.
Blogerning aytishicha, bu jarayon oson kechmagan va ancha vaqt talab qilgan. U otasi bilan yarashish yo‘li murakkab bo‘lganini tan oldi. Maryamga ko‘ra, bu jarayonda uning turmush o‘rtog‘i Arno muhim rol o‘ynagan. Aynan uning qo‘llab-quvvatlashi va ishonchi oilaviy aloqalarni tiklashga yordam bergan.

Maryam Tillayeva 1999-yil 20-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. Uning otasi biznesmen Timur Tillayev, onasi esa Islom Karimovning qizi va O‘zbekistonning YUNESKOdagi sobiq vakili Lola Karimova.
Oilada uchta farzand bor: Maryam, uning ukasi Umar va singlisi Safiya. 2025-yilda Maryam onasi bilan besh yil davomida gaplashmaganini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, hozirda Maryam Tillayevaning Instagram’da 1,7 mln obunachisi bor.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Moskva moda haftaligida Maryam Tillayeva podiumga chiqqani haqida yozgan edi.