Motorola Android 17 beta-versiyasini sinab ko‘rish imkoniyatini kengaytirdi

2-aprel 2026 18:17 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Motorola Android 17 beta-versiyasini sinab ko‘rish imkoniyatini kengaytirdi / Foto: Gizmochina

Motorola kompaniyasi o‘z smartfon foydalanuvchilariga Android 17 operatsion tizimining beta-versiyasini sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Hozirgi ro‘yxatda beta-testda ishtirok etish imkoniyati mavjud hududlar bilan birga quyidagi modellari mavjud:

  • Motorola Edge 60 Pro (Hindiston, Lotin Amerikasi, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika)
  • Motorola Signature (Lotin Amerikasi, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika)
  • Motorola Razr 60 Ultra (Hindiston, Lotin Amerikasi, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika)
  • Motorola Razr Ultra (2025) (AQSh)
  • Motorola Razr 70 Ultra (Lotin Amerikasi, Yevropa, Yaqin Sharq, AQSh va Afrika)

Ma’lumot uchun, Motorola Google’dan keyin Android 17 beta-testini ishga tushirgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Dastlab byudjet smartfonlari Moto G57 va Moto G57 Power egalari ham beta-versiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Motorola FIFA World Cup 26 Edition smartfonini taqim etishi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek