O‘zbekiston–Kolumbiya o‘yini chiptalari «ikkinchi qo‘lda» 16 ming dollargacha sotilmoqda

2-aprel 2026 18:07 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasida Meksikadagi «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchrashuviga chiptalar norasmiy saytlarda $16,5 minggacha sotilmoqda.

Foto: Telegram / Farrukh Ismoilov / VAMOS

Jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanmani qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining birinchi turida Janubiy Amerikaning Kolumbiya termasiga qarshi maydonga tushadi. Tarmoqlarda ushbu o‘yin chiptalari asl narxidan ancha qimmatga pullanayotgani kuzatilmoqda.

Reseller platformalaridan birida mazkur o‘yin uchun eng arzon chipta $547 qilib belgilangan. Eng qimmat chipta narxi esa $16,5 mingga baholangan. Ma’lumot uchun, ushbu bahsga kirish uchun eng arzon rasmiy chipta narxi dastlab $220 etib belgilangan edi.

Foto: Telegram / Farrukh Ismoilov / VAMOS

Shuningdek, olib sotuvchilar tomonidan turnir finali uchun taklif etilayotgan chiptalar narxi $30 mingdan oshib ketgani ma’lum qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan JCh chiptalari sabab FIFA ustidan Yevrokomissiyaga shikoyat yuborilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek